Yangi dasturiy ta'minotni Internetda qidirish bilan xayrlashing. Snap Store va Ubuntu dasturiy ta'minot arxiviga kirish orqali siz osonlik bilan yangi ilovalarni topishingiz va o'rnatishingiz mumkin. Qidirayotgan narsangizni kiriting yoki boshqa foydalanuvchilarning foydali sharhlari bilan bir qatorda Grafika va fotosuratlar, oʻyinlar va mahsuldorlik kabi toifalarni oʻrganing.
